Qashqadaryo viloyati Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasi
rasmiy sahifasi


Suv - Hayot mabai bo'lsa Melioratsiya esa mo'l hosil garovidir


Ushbu web sahifada tashkilotning vazifafiy funksiyalari, ish na'munalari, rahbariyat va boshqa ma'lumotlar yuklangan

Qashqadaryo viloyati Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasi rasmiy sahifasi


Ekspeditsiya viloyatda melioratsiya sohasida yagona siyosatni amalga oshiradi. Sugʼoriladigan ekin maydonlarning meliorativ kadastrini maʼlumotlari asosida davlat hisobidagi meliorativ tarmoqlarni (ochiq va yopiq kollektor-drenaj tarmoqlari (gidrotexnika inshootlari bilan), meliorativ nasos stantsiyalari, tik drenaj quduqlari) hamda suv isteʼmolchilari, fermer xoʼjaliklari hisobidagi kollektor-drenaj tarmoqlarini ishlash rejimini va ulardan foydalanishni tartibga solish, ularning samarali ishlashini taʼminlash, texnik soz holatda saqlash va ishchi holatini tiklash boʼyicha chora-tadbirlar rejalarini tuzadigan davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Ekspeditsiya Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3672-sonli qarori va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 oktyabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4486-sonli qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi 500-sonli qaroriga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi “Аmu-Qashqadaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzurida tashkil etilgan. Ekspeditsiya Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi “Аmu-Qashqadaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga (keyingi oʼrinlarda “Havza boshqarmasi” deb yuritiladi) boʼysunadi. Ekspeditsiya oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʼzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligining buyruq va farmoyishlari, Suv xoʼjaligi hayʼat qarorlari, Qashqadaryo viloyati hokimligining qaror va farmoyishlariga, havza boshqarmasining buyruqlariga shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Ekspeditsiyaning oʼz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Ekspeditsiya yuridik shaxs hisoblanadi, Oʼzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʼz nomi hamda yuqori turuvchi tashkilotlarning aloqadorlik belgilari tushirilgan davlat tilida yozilgan muhr hamda blankalarga, mustaqil balansga, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʼaznachiligida gʼaznachilik shaxsiy hisob raqamlariga, banklarda hisob raqamlariga ega. Ekspeditsiyaning rasmiy nomlanishi. a) davlat tilida: toʼliq- Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi “Аmu-Qashqadaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya, qisqartirilgan nomi- “Аmu-Qashqadaryo” ITHB huzuridagi ME. toliq- Ozbekiston Respublikasi Suv xojaligi vazirligi “Amu-Qashqadaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya, qisqartirilgan nomi– “Amu- Qashqadaryo” ITHB huzuridagi ME. b) rus tilida: toʼliq – Meliorativnaya ekspeditsiya pri “Аmu-Kashkadarьinskom” basseynovom upravlenii irrigatsionnыx sistem Ministerstva vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi – ME pri “Аmu-Kashkadarьinskom” BUIS. s) ingliz tilida: toʼliq- meliorative expedition at the Basin office of“Amu-Kashkadarya” irrigation system Ministry of water Resources of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi – ME at ISWR. Ekspeditsiyaning yuridik manzili: Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, “Gidrouzel” qoʼrgʼoni, “Shabnam” koʼchasi Indeks 180220.

Tashkilot rahbariyati

Tashkilot rahbarlari haqida ma'lumotlar

Rahbar 1

Sharipov Akmal Mahmadiyarovich

Lavozim: Bosh direktor

Aloqa: +998-75-230-14-10
+998-91-470-09-92

Email: qashggme@minwater.uz

Qabul kunlari: Har oyning 1‑Dushanbasi, 10:00–12:30

Biografiya
Rahbar 2

Ravshanov Xurshid Musulmonovich

Lavozim: Direktor o‘rinbosari

Aloqa: +998-75-230-14-16
+998-97-314-57-79

Email: qashggme@minwater.uz

Qabul kunlari: Seshanba va Juma, 10:00–12:00

Biografiya

Melioratsiyani tashkil etilishi, Melioratsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va Meliorativ ekspeditsiyalar asosiy ish faoliyati toʼgʼrisida maʼlumot


O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatida 1966 yilda Melioratsiya boshqarmasi tashkil etilgan. 1967, 1970–1974 yillarda viloyatlarda Meliorativ tizimlar boshqarmalari tashkil etilgan. 1981–1996 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 1981-yil 27 iyuldagi №1393-sonli buyrug‘iga asosan Viloyat suv xo‘jaligi boshqarmasi tarkibidagi viloyat Gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyasi tashkil etildi. 1996-yildan Viloyat Gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazirlikka bo‘ysungan. 2003-yildan hozirgi kungacha Viloyat Gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyalari Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzurida faoliyat yuritib kelmoqda.

Respublikamiz sharoitida sug‘oriladigan maydonlardan samarali foydalanish, sug‘oriladigan yerlarning unumdorligini yaxshilash va qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosili va sifatini oshirish yerlarning meliorativ holatiga bevosita bog‘liqdir. O‘zbekistonning asosiy daryolarida oxirgi yillarda suvlarning sho‘rlanish darajasi tobora ortib ketmoqda. Buning asosiy sababi daryolarga ko‘p oqova, zovur suvlari va boshqa chiqindi suyuqliklar to‘kib yuborilishi oqibatida vujudga keladi. Tuproqning ikkilamchi sho‘rlanishi, zaxobning tuproq sathiga yaqinligidan ham yuzaga keladi: sho‘rlangan zaxob yuqoriga ko‘tarilib, tuproqni sho‘rlanishiga olib keladi. Sho‘rlangan yerlarda meliorativ tadbirlarni bajarishga to‘la imkoniyatlar bo‘lmasa, tuproq tez orada kuchli sho‘rlanib, unumdorligi pasayadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, tuproq kuchsiz hamda o‘rtacha sho‘rlanganda, Respublika bo‘yicha salkam 1 mln tonna paxta hosili yo‘qotilishi mumkin. Aholimiz sho‘rlangan yerlarda maxsus meliorativ tadbirlar amalga oshirilmasa, yuqori hosil olish deyarli mumkin emas.

Suvda eriydigan tuzlar juda harakatchan bo‘lgani sababli sho‘rlangan maydonlar maydoni tabiat va xo‘jalik sharoitlariga qarab qisqa muddatda o‘zgarib turadi. Mutaxassislar sho‘rlangan yerlarni turli guruhlarga bo‘lib chiqib, tuproqlarning meliorativ holatini belgilaydilar. Masalan, Qarshi cho‘lining tuproqlarini A.M. Rasulov (1976) o‘rganib, ba’zi tumanning ikkilamchi sho‘rlanishi xavfini ko‘rsatdi. Sho‘rlanishni kamaytirish uchun kollektor va zovurlar qurilishi zarur hamda suv-tuz muvozanatini tiklash bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Meliorativ ekspeditsiyaning asosiy vazifalari:

  • Davlat magistral, tumanlararo va xo‘jaliklararo kollektor-drenaj tarmoqlarini ishchi holatda saqlash va rivojlantirish;
  • Meliorativ nasos stantsiyalari va vertikal drenaj quduqlarining ish rejimini belgilash va nazorat qilish;
  • Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati va suv sifatini monitoring qilish, hisobot yuritish;
  • Meliorativ kadastrni yuritish va yerning holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
  • Har 10 kunda yer osti sizot suvlari sathini o‘lchash;
  • Har 100 gektardan tuproq namunalarini olish va laboratoriyada sho‘rlanish darajasini aniqlash;
  • GIS bazasi yaratish va maxsus xaritalar tuzish.
  • 2024-yil natijalari:

    Viloyat bo‘yicha jami 670,01 km uzunlikdagi tizimli ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilib, 18 266 gektar maydonning meliorativ holati yaxshilandi. Shuningdek, 25,56 km uzunlikdagi qurish va rekonstruksiya ishlari orqali 390 gektar maydon sifatini yaxshilashga erishildi.

    Bo'limlarning asosiy vazifalari va funksiyalari

    T/r Hujjat nomi Fayl
    1 Meliorativ tizimlar va inshootlarning texnik holati monitoringi bo’limi Yuklab olish
    2 Raqamli texnologiyalarni joriy qilish va rivojlantirish bo’limi Yuklab olish
    3 Axborot texnologiyalari va zamonaviy asbob uskunalarini joriy qilish bo'limi Yuklab olish
    4 Bosimli suvlar, sizot suvlari sathini va mineralizatsiyasini kuzatish bo'limi Yuklab olish
    5 Kadastr va sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini prognoz qilish bo'limi Yuklab olish
    6 Tuproq va suvning kimyoviy tahlili bo'limi Yuklab olish
    7 Tuproq na'munalarini olish va yerlarni sho'rlanishi xaritasini tuzish bo'limi Yuklab olish
    8 Yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va xizmat ko'rsatish bo'limi Yuklab olish
    9 Meliorativ ekspeditsiyasida transport xizmatlari bo'limi Yuklab olish
    10 Melioratsiya va suv xo'jaligi shartlarini kompleks tahlili bo'limi Yuklab olish

    Ko'p yillik ma'lumotlar jadvali

    T/r Hujjat nomi Fayl
    1 2000-2025 yillik sug'oriladigan yer maydonlarining tuproq sho'rlanishi haqida ko'p yillik ma'lumot Yuklab olish
    2 2025-2028 yillarda Yer osti suv sathi muammoli holatda (0 - 2m) bo'lgan yer maydonlarini kamaytirish Prognoz ko'rsatkichlari Yuklab olish
    3 2025-2028 yillarda meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashtirilgan monitoring qilish tizimiga o'tqazishning Prognoz ko'rsatkichi Yuklab olish
    4 2025-2028 yillarda melioratsiya tarmoqlarini tizimli ta'mirlash va tiklash ishlarining Prognoz ko'rsatkichlari Yuklab olish
    5 Qashqadaryo viloyati bo'yicha kimyoviy tahlil labaratoriyada amalda oshirilgan ishlar to'g'risida Yuklab olish
    6 Qashqadaryo viloyati sug'oriladigan maydonlarida 2010-2025 yillardagi suv-tuz muvozanati to'g'risida ma'lumot Yuklab olish
    7 Qashqadaryo viloyati sug'oriladigan maydonlarida 2014-2025 yil holatidagi sug'oriladigan maydonlarning sizo suvlari sathi Yuklab olish
    8 Qashqadaryo viloyati meliorativ kadastr 1990-2025 yillar Yuklab olish
    9 Qashqadaryo viloyati tumanlarida kollektorlarning o'rtacha oylik suv Yuklab olish
    10 Qashqadaryo viloyatida 2025-2028 yillarda sho'rlangan sug'oriladigan maydonlarning meliorativ holatini yaxshilash Yuklab olish
    11 Qashqadaryo viloyatida kollektorlarni qurish va qayta qurish rekonstruksiyasi Yuklab olish

    Statistika

    Tashkilot faoliyati bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar

    522 609

    Gektar sug‘oriladigan maydonlar

    13 682

    Km kollektor‑drenaj tarmoqlari uzunligi

    3 621

    Meliorativ kuzatuv quduqlari soni

    125

    Viloyatdagi o'rnatilgan Gidropostlar soni



    Bo‘limlar va ularning rahbarlari jadvali

    T/r Bo‘lim nomi Bo‘lim boshlig‘i Telefon raqam
    1 Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassisi Ibragimova Mashhura Ruziyevna 998 90 674 40 06
    2 Kadastr va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini prognoz qilish bosh mutaxassisi Zairov Ulug‘bek Xurramovich 998 91 470 42 19
    3 Raqamli texnologiyalarni joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Ulug‘ov Feruz Eshpulat o‘g‘li 998 88 952 25 22
    4 Meliorativ dasturlar va loyihalarni shakllantirish bosh mutaxassisi Kuyliev Elyor Tulavovich 998 77 159 11 90
    5 Moliya-xo‘jalik bo‘limi Berdiev Jushqin Doniyorovich 998 97 222 34 41
    6 Yuridik ishlar Sherdanov Xolmumin Normuratovich 998 99 667 75 26
    7 Melioratsiya va suv xo‘jaligi shartlarini kompleks tahlili bo‘limi Eshimov Oqquzi Kodirovich 998 50 510 90 33
    8 Tuproq namunalarini olish va yerlarning sho‘rlanish xaritasini tuzish bo‘limi Maxmadmuradov Abdirasul Yarashyevich 998 99 742 62 19
    9 Axborot texnologiyalari va zamonaviy asbob-uskunalarni joriy qilish bo‘limi Karimov Jamshid Shermatovich 998 91 956 96 12
    10 Tuproq va suvning kimyoviy tahlili bo‘limi Ergashev Farruh Shoimuradovich 998 94 175 31 13
    11 Meliorativ tizimlar va inshootlarning texnik holati monitoringi bo‘limi Juraev Xolmumin Bozor o‘g‘li 998 99 667 75 26
    12 Bosimli suvlar, sizot suvlari sathini va mineralizatsiyasini kuzatish bo‘limi To‘qliyev G‘anisher Sattorovich 998 90 426 42 96
    13 Yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish bo‘limi Azimov Bayramali Begmatovich 998 93 900 19 72
    14 Meliorativ ekspeditsiyasida transport xizmatlari bo‘limi Xurramov Alisher Baratovich 998 90 428 12 52
    15 Yakkabog‘ meliorativ uchastkasi Doniyorov Sunatulla Shomuratovich 91 954 87 01
    16 Chiroqchi meliorativ uchastkasi Abdunazarov Muxiddin Azamat o‘g‘li 91 257 42 52
    17 Kukdala meliorativ uchastkasi Erkayev Alisher Abraevich 91 464 02 38
    18 Shahrisabz meliorativ uchastkasi Boynazarov Olim Bo‘rievich 91 961 45 39
    19 Kitob meliorativ uchastkasi Ismatov Temurmalik Dilshod o‘g‘li 99 217 36 89
    20 G‘uzor meliorativ uchastkasi Amirov Xusan 93 525 49 30
    21 Koson meliorativ uchastkasi Ochilov Javlon Boborajabovich 91 216 91 61
    22 Qarshi meliorativ uchastkasi Tursunov Tolmas Rahmatovich 90 341 55 56
    23 Nishon meliorativ uchastkasi Eshboev Sherzod Eshnazarovich 93 138 88 86
    24 Kasbi meliorativ uchastkasi Norov Mirsharif Sodiqovich 93 525 51 25
    25 Muborak meliorativ uchastkasi Xujamberdiyev Ergash Saidovich 93 525 46 18
    26 Mirishkor meliorativ uchastkasi Tilobov Abdiaziz Xudoynazarovich 90 609 51 65


    Tashkilot hisobot hujjatlari

    T/r Hujjat nomi Fayl
    1 Qashqadaryo viloyati tumanlarida sugʼoriladigan maydonlarni sizot suvlari sathining chuqurligi boʼyicha 2025 yilning 1-iyulidagi holati toʼgʼrisida MA'LUMOT Yuklab olish


    Meliorativ ekspeditsiya hisobidagi gidropostlar to'g'risida MA'LUMOT

    T/r Tumanlar nomi Gidropost soni Shu jumladan reyka Gidro-ko'prik
    1 G'uzor 8 4 4
    2 Qarshi 13 11 2
    3 Koson 19 14 5
    4 Kitob 8 8 0
    5 Qamashi 4 3 1
    6 Mirishkor 14 2 12
    7 Muborak 6 1 5
    8 Nishon 6 3 3
    9 Kasbi 7 7 0
    10 Chiroqchi 12 8 4
    11 Ko'kdala 6 6 0
    12 Shahrisabz 10 10 0
    13 Yakkabog' 12 7 5
    VILOYAT BO'YICHA: 125 77 48


    Qashqadaryo viloyatidagi mavjud kollektor-drenaj tarmoqlari toʼgʼrisida ma'lumot

    01.01.2025 holatiga ko'ra


    Tumanlar Jami kollektor‑drenaj tarmoqlari, km Jami ochiq kollektor tarmoqlari, km Magistral Tumanlararo Xo‘jaliklararo Klaster korxonalar va fermer xo‘jaliklari Jami yopiq‑ёtik drenaj, km Shu jumladan yopiq‑ёtik:
    soni km soni km soni km soni km Davlat (soni/km) Klaster (soni/km)
    1 G‘uzor 754,750 727,804 4 35,784 116 322,191 358 369,829 26,946 49/26,946 701/580,155
    2 Qarshi 1 609,149 980,694 9 102,781 177 335,335 421 542,578 628,455 81/48,300 701/580,155
    3 Koson 2 884,147 1 578,128 4 83,870 232 657,088 596 837,170 1 306,019 472/289,492 1 615/1 016,527
    4 Kitob 101,988 101,988 2 4,585 10 38,492 45 58,911
    5 Qamashi 917,185 724,127 2 17,490 199 266,576 418 440,061 193,058 51/29,070 271/163,988
    6 Mirishkor 1 807,937 1 052,010 1 45,600 11 115,511 36 214,049 283 676,850 755,927 41/48,707 697/707,220
    7 Muborak 819,544 781,544 5 82,250 52 177,954 189 521,340 38,000 1/1,460 40/36,540
    8 Nishon 3 070,176 1 317,260 1 23,400 5 40,050 375 541,276 520 712,534 1 752,916 111/70,009 1 983/1 682,907
    9 Kasbi 889,600 653,424 9 119,114 29 107,523 197 426,787 236,176 23/23,251 222/212,925
    10 Chiroqchi 163,374 141,075 3 15,899 25 68,906 64 56,270 22,299 28/12,059 27/10,240
    11 Ko'kdala 63,960 63,960 10 36,050 15 27,910
    12 Shahrisabz 128,871 128,871 3 2,218 13 45,965 80 80,688
    13 Yakkabog‘ 471,380 455,384 3 32,013 57 154,391 278 268,980 15,996 2/0,536 30/15,460
    Jami: 13 682,06 8 706,26 1 69,0 29 651,56 1 331 2 965,796 3 464 5 019,90 4 975,79 859/549,83 5 586/4 425,96
    Buxoro ME hisobida: 109,29 109,29 43,50 61,29 4,50
    Mirishkor: 81,00 81,00 43,50 33,00 4,50
    Muborak: 28,29 28,29 28,29

    Qashqadaryo viloyati sugʼoriladigan yer maydonlarining tuproq shoʼrlanish darajasi toʼgʼrisida maʼlumot

    01.01.2025 holatiga ko'ra


    Tumanlar Meliorativ nazoratda turgan sug‘oriladigan maydon, ga Sho‘rlanish darajasi bo‘yicha boʻlinganligi (0–100 cm qalinlikda), ga
    Sho‘rlanmagan Jami sho‘rlangan Kuchsiz sho‘rlangan O‘rtacha sho‘rlangan Kuchli sho‘rlangan
    Maydon (ga) % Maydon (ga) % Maydon (ga) % Maydon (ga) % Maydon (ga) %
    1 G‘uzor 35 648 14 724 41,3 20 924 58,7 16 698 46,8 3 780 10,6 446 1,3
    2 Dehqonobod 2 926 2 926 100,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0
    3 Qarshi 50 780 29 119 57,3 21 661 42,7 19 591 38,6 1 655 3,3 415 0,8
    4 Koson 74 748 30 593 40,9 44 155 59,1 34 295 46,0 7 307 9,8 2 553 4,0
    5 Qamashi 35 746 20 972 58,7 14 774 41,3 12 094 33,8 2 170 6,1 510 1,4
    6 Kitob 20 391 20 391 100,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0
    7 Mirishkor 63 492 39 354 62,0 24 138 38,0 22 470 36,0 1 525 2,4 143 0,2
    8 Muborak 35 004 7 621 22,0 27 383 78,0 19 802 57,0 4 910 14,0 2 671 7,0
    9 Nishon 57 235 24 834 43,4 32 401 56,6 22 418 39,2 8 262 15,0 1 721 3,0
    10 Kasbi 50 533 20 674 40,9 29 859 59,1 24 876 49,2 4 781 9,0 202 1,0
    11 Chiroqchi 17 408 16 208 93,1 1 200 6,9 1 200 6,9 0 0,0 0 0,0
    12 Ko‘kdala 17 762 17 017 95,8 745 4,2 550 3,1 195 2,0 0 0,0
    13 Shahrisabz 26 270 26 270 100,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0
    14 Yakkabog‘ 34 666 34 526 99,0 140 1,0 100 0,4 40 0,1 0 0,0
    Jami: 522 609 305 229 58,4 217 380 41,6 174 094 33,3 34 625 6,6 8 661 1,7

    Ish jarayonidan na'munalar


    Yer usti va ostki suvlar meliorativ jarayoni



    Diagram 1
    Diagram 2


    KashMee

    qashggme@minwater.uz

    Bog'lanish uchun