Tuproq namunalari olish va sho'rlanish xaritalarini tuzish bo'limi
Viloyatda 522 609 gektar sug‘oriladigan maydon mavjud bo‘lib, ular tuproq sho‘rlanish darajasiga
koʻra quyidagicha taqsimlanadi:
- Sho‘rlanmagan: 305 229 gektar
- Jami sho‘rlangan: 217 380 gektar
- Kuchsiz sho‘rlangan: 174 094 gektar
- O‘rtacha sho‘rlangan: 34 625 gektar
- Kuchli sho‘rlangan: 8 661 gektar
Bo‘limning vazifalari:
- Ko‘p yillik monitoring va tezkor ma’lumotlarni to‘plash, kompyuter tizimiga kiritish va
kerakli joylarga vaqtida yetkazish.
- Fermer xo‘jaliklari bo‘yicha tuproq sho‘rlanishi ma’lumotlarini tizimli tahlil qilish va
tavsiyalar tayyorlash.
- Meliorativ loyihalarda sho‘rlanish xaritalarini 1:25 000 masshtabda chizish, bo‘yash va
plastifikatsiya qilish.
- Hududlarni fermerlar kesimida ajratish va sho‘rlanish darajasiga qarab belgilash.
- Har nuqtadan (0–30 sm, 30–70 sm va 70–100 sm) 3 qatlamda 68 166 tuproq namunasini yig‘ish.
- Olingan namunalarning laboratoriya tahlili va natijalarni xaritaga tushirish.
- Otgan yillardagi ma’lumotlar bilan taqqoslash va sho‘r yuvish samaradorligini baholash.
- Avgust oyida sug‘oriladigan maydonlarda rekognostsirovka tashkil etish.
- Onlayn tizimga tuproq sho‘rlanishi ma’lumotlarini yuklash.