Raqamli texnologiyalarni joriy qilish va rivojlantirish bo'limi

Viloyat hududiga sug‘orish tarmoqlari orqali kirib kelayotgan va kollektor‑drenajlar orqali tumanlardan chiqib ketayotgan suvlar, shuningdek yer osti sizot suvlari va tik meliorativ quduqlaridan olingan suv namunalarining mineralizatsiyasini aniqlash maqsadida kimyoviy tahlillar amalga oshiriladi.

Tuproq va suvning kimyoviy tahlili bo‘limida sug‘orish va kollektor‑drenaj tarmoqlari suvlari, sizot suvlari hamda tik meliorativ quduqlar suvlarining mineralizatsiyasi va tuproq sho‘rlanish darajasini monitoring qilish, dinamikasini tahlil qilish hamda nazorat kimyoviy tahlil ishlari olib boriladi.

Shuningdek, tuman hududidagi kollektor‑drenaj tarmoqlarining suvlaridan sug‘orishga foydalanish imkoniyati o‘rganilib, fermer xo‘jaliklariga tavsiyalar beriladi.

Sug‘orish tarmoqlari va kollektor‑drenaj suvlari namunalarining kimyoviy tahlili oyda bir marotaba, kuzatuv va tik meliorativ quduqlardan olingan suv namunalari esa yiliga uch marta (1-aprel, 1-iyul, 1-oktyabr holatiga qarab) amalga oshiriladi.

Tuproq namunalari vegetatsiya davridan so‘ng, ya’ni 1-oktyabr holatiga ko‘ra, har bir nuqtadan uch gorizontda (30 cm, 70 cm va 100 cm) olinadi. Kuchli sho‘rlangan maydonlardan 5–6 gektardan, o‘rtacha sho‘rlangan maydonlardan 8 gektardan, kuchsiz sho‘rlangan maydonlardan 15 gektardan, sho‘rlanmagan maydonlardan esa 30 gektardan bittadan tuproq namunasi yig‘iladi.

Laboratoriyada to‘liq quritilgan, maydalangan va elakdan o‘tkazilgan tuproq namunalariga kimyoviy tahlil ishlari qo‘llanadi. Sho‘r yuvish agrotexnikasi sifatini baholash uchun bahorda yuvilgan maydonlardan qayta tuproq namunasi olinib tahlil qilinadi.

2024 yilda bo‘limda jami 110 901 dona kimyoviy tahlil oʻtkazilib, shundan 544 tasi sug‘orish tarmoqlaridan, 2 452 tasi zovur tarmoqlaridan, 8 829 tasi kuzatuv quduqlaridan, 639 tasi tik meliorativ quduqlardan olingan suv namunalarini qamrab oldi. Tuproq namunalaridan esa 87 699 ta suvli surim sinovlari bajarildi (bahorda 6 521, kuzda 22 712 nuqtadan).

Shuningdek, zovur tarmoqlaridan 952, kuzatuv quduqlaridan 1 379 va tuproq namunalaridan 7 999 dona suvli surimlar nazorat tahlilini ta’minladi.