Ekspeditsiya boshlig‘i o‘rinbosari majburiyatlari
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish.
- Boshliq topshiriqlarini bajarishga javobgarlik, boshliq vaqtincha bo‘lmagan hollarda uning vazifasini bajarish.
- Davlat boshqaruvi organlarini takomillashtirishga oid kontseptsiya va chora-tadbirlarni tanqidiy tahlil qilish.
- Prezident hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlarini ijrosini ta’minlash va ijro intizomini mustahkamlash.
- Buyruq va topshiriqlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.
- Xodimlarni tanlash, joylashtirish, kasbiy mahorat va axloqiy fazilatlarini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish.
- Rahbarlar va xodimlarning samaradorligini tanqidiy tahlil qilish, hisobotlarini eshitish va choralar ko‘rish.
- Rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha tizimli choralar.
- Odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash.
- Korruptsiya va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
- Davlat xizmatlari sifati va imkoniyatini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish.
- Davlat sirlari bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish.
- Melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruktsiya va modernizatsiya dasturlarini boshqarish.
- Sug‘oriladigan yerlarning holatini yaxshilash va barqarorligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirish.
- Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari.
- Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va investitsiya dasturlariga takliflar.
Ravshanov Xurshid Musulmonovich
Tug‘ilgan sanasi va joyi: 1979 yil 25 may, G‘uzor tumani, Qashqadaryo viloyati.
Ma’lumoti: Oliy, magistr; Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Institutini 2021 yilda tamomlagan, nasos stansiyalari diagnostikasi bo‘yicha mutaxassis.
Mehnat faoliyati
1996: 11-Mexanizatsiyalashgan ishlar boshqarmasida 1-toifali ishchi.
1996–2000: Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot instituti talabasi.
2001–2003: G‘uzor tumani Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi texnik nazoratchisi.
2003: G‘uzor tumani suvdan samarali foydalanish bo‘limi bosh mutaxassisi.
2003–2004: Yakkabog‘–G‘uzor irrigatsiya tizimi dispetcheri.
2004–2005: Suv resurslari balansi bo‘limi 1-toifali muhandisi.
2005–2008: Havza boshqarmasi bosh mutaxassisi.
2008–2014: Gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiya yetakchi mutaxassisi.
2014–2021: Meliorativ tizimlar monitoringi va kadastr sektori boshlig‘i.